8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo’lsin!

Assalomu alaykum, muxtarama xonimlar!
Sizlarni kirib kelayotgan 8-mart – Xalqaro Xotin qizlar bayrami bilan
“TOP VICTORY” mahalliy farmatsevtika korxonasi ma’muriyati nomidan samimiy tabriklaymiz.

Hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat, mehr-muhabbat,
nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayollarsiz aslo tasavvur qila olmaymiz.
Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoyilik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch xosil qilamiz.
Bugungi kunda hayotimizning qaysi soha va yo‘nalishini olmaylik –
u davlat va jamiyat qurulishi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘ladimi, fermerlik va tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim tarbiya, fan va ma’daniyat, san’at bo‘ladimi-ularni rivoji va samarasini oshirishda, yurtimizda hech kimdan kam bo‘lmaydigan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda xalqaro maydonda davlatimizni obro‘ e’tiborini yuksaltirishda
opa-singillarimizni beqiyos xizmatlari bor va biz bundan minnatdormiz.

Sizni bahorning ilk kunlarida go‘zal va latofatli ayollarimizning bayrami bo‘lmish 8-mart – Xalqaro Xotin qizlar kuni bilan yana bir bor muborakbot etamiz. Sizga uzoq umr, buloq chashmasidek tiniq hayot, musaffo osmonimizdek beg‘ubor qalb, sihat-salomatlik, go‘zal baxt va omad tilaymiz. Dunyodagi barcha ezgu tilaklar yor bo‘lsin.